12:31 / 01.07.2015
3398

Indoneziya harbiy havo kuchlari halokatga uchragan samolyot bortida 122 kishi bo‘lganini aytdi

Indoneziya harbiy havo kuchlari shtabi vakili halokatga uchragan Hercules C-130 samolyoti bortida 122 kishi bo‘lganini aytdi. Shulardan 12 nafari ekipaj a'zolari edi.
Ilgariroq samolyot bortida 12 nafar ekipaj a'zosi va 101 yo‘lovchi bo‘lgani xabar qilingan edi. Ulardan hech kim omon qolmadi. Halok bo‘lganlar orasida harbiylar bilan birga ularning oila a'zolari ham bor.

Top