12:19 / 01.07.2015
1663

Indoneziya rasmiy vakillari aviahalokatda 141 kishi o‘lgani haqidagi axborotni inkor qildi

Indoneziya vakillari Sumatra orolida sodir bo‘lgan aviahalokatda 141 kishi o‘lgani haqidagi axborotni inkor qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Indoneziyada harbiy transport samolyoti Medan shahridagi mehmonxona ustiga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lumot berildi. Samolyot Medandagi harbiy havo bazasidan Natuna oroliga uchib ketayotgan edi, ammo bir necha daqiqalik parvozdan so‘ng halokat sodir bo‘ldi.
“OAVdan eski xatolarni takrorlamaslikni iltimos qilaman: agar 141 qop olib chiqilgan bo‘lsa, bu 141 odam halok bo‘ldi degani emas. Biz hozircha 91 tana topdik”, – dedi mamlakat harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni Agus Supriyatna.
Bunday axborotning tarqalishiga Medan morgiga 141 qop yetkazilgani haqidagi ma'lumotlar sabab bo‘lgan edi.

Top