20:18 / 01.07.2015
2528

Ispaniyaga 15 tonna gashish olib o‘tmoqchi bo‘lgan suriyaliklar qo‘lga olindi

Ispaniyaning Andalusiya viloyati sohillarida 15 tonna gashish olib ketayotgan Kongo Demokratik Respublikasi bayrog‘i ostidagi kema qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda El Pais nashri.

Noqonuniy yuk tekshiruv paytida kemaning yerto‘lasida aniqlandi. Shundan keyin Ispaniya fuqaro gvardiyasi kemani Malaga portiga kuzatib bordi va kema ekipajining 9 a'zosini hisbga oldi.

Qo‘lga olingan kemachilardan 6 nafari Suriya fuqarosi, qolganlari hindistonliklar ekanligi aniqlandi. Taxmin qilinishicha, qo‘lga olingan ushbu partiya arab davlatlaridan Yevropa yetkazib berilayotgan katta partiyadagi giyohvand moddalarning bir qismini tashkil qiladi.

Top