08:50 / 01.07.2015
2632

Jyeb Bush o‘z ciyosiy faoliyati davomida 22 mln dollar ishlab topgan

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblanadigan Jyeb Bush o‘zining 33 yillik siyosiy faoliyati bo‘yicha soliq deklaratsiyasini e'lon qildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashrida yoziladi.

Bushning o‘zi ma'lum qilishicha, u o‘zining siyosiy faoliyati davrida topgan puli taxminan 19-22 mln dollarni tashkil qiladi. Qayd etilishicha, u bu yillar davomida ishlab topgan pulinng 36 foizini soliq sifatida to‘lagan.

Jyeb Bush soliqlarning kamaytirilishi tarafdori ekanini ma'lum qilgan.

Shuningdek, Bushlar oilasi vakili bu 1,1 ming sahifadan iborat soliq deklaratsiyasini to‘ldirish uchun juda ko‘p vaqtini sarflashga to‘g‘ri kelganini ta'kidlagan.

Top