17:09 / 01.07.2015
3650

Muruvvat uylarida ijtimoiy xodimlar va psixologlar ish boshlaydi

Muruvvat uylarida ijtimoiy ish bakalavrlari, huquqshunoslar, psixologlar va defektologlar uchun 100dan ortiq yangi shtat birliklari tashkil qilinadi. Bu haqda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tahririyatga yuborgan xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam berish sohasida zamonaviy ijtimoiy texnologiyalarni joriy qilish hamda islohotlar o‘tkazish doirasida amalga oshirilmoqda.
Yangi mutaxassislar oldiga og‘ir aqliy xastalikka chalingan bolalar bilan ishlash, ularga ta'lim berish metodikasini yaratish vazifasi qo‘yiladi. Ayni paytda muruvvat uylarining ish tartibi va shtat birliklari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Vazirlik oldida turgan galdagi vazifalardan biri muruvvat uylari faoliyatiga ijtimoiy moslashishning innovatsion dasturlarini joriy qilishdir. Bu yo‘nalishda vazirlik bilan bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi respublika markazi, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash vazirliklari bo‘ladi.

Top