12:21 / 01.07.2015
2473

Namanganda Captiva olib qochgani gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyati Chust tumani IIB navbatchilik qismiga Chust shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining “Captiva” rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. 

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma'lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Serob mahallasi hududidan texnik nosoz holda topildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs shu tumanda yashovchi 34-yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top