14:48 / 01.07.2015
4997

Toshkentdagi AQSh elchixonasida viza berish qayta tiklandi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali texnik muammolar tufayli to‘xtatib qo‘yilgan viza berish jarayoni qayta tiklanganini ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, vizalari tasdiqlangan arizachilar o‘zlarining viza tushirilgan pasportlarini haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari soat 15:30da olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

30 iyun kuni AQSh elchixonalarida vizalar berish bilan yuzaga kelgan muammo hal qilingani haqida xabar berilgandi.

Top