10:11 / 01.07.2015
3419

Tramp Univision telekanaliga qarshi 500 mln dollarlik da'vo bilan chiqdi

Amerikalik milliarder Donald Tramp Univision telekanali ustidan arz qildi. Reuters agentligining yozishicha, bunga telekanal Miss USA tanlovini namoyish qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.
Da'vo 500 mln dollarni tashkil qiladi.

25 iyun kuni telekanal tanlovni namoyish qilishdan voz kechdi, negaki Tramp meksikalik mehnat muhojirlari haqidagi so‘zlari tufayli kanal tomonidan non-grata deb e'lon qilingan edi.

Ilgariroq Tramp NBC telekanalini, o‘zaro hamkorlik yakunlangandan so‘ng, sudga berishini ma'lum qilgan edi.

Top