10:59 / 01.07.2015
2474

Yava dengizida yo‘qolgan samolyot yo‘lovchilarining oilalari AirAsia aviakompaniyasini sudga berdi

2014 yilning dekabrida Yava dengizi hududida g‘oyib bo‘lgan AirAsia Indonesia aviakompaniyasiga tegishli samolyoti bortida bo‘lganlardan 10 nafarining oila a'zolari AQShda yo‘lovchi tashuvchi Air Asia va samolyot ishlab chiqaruvchi Airbus kompaniyalarini sudga berdi. Bu haqda The Straits Times nashrida yozilgan.

Amerikalik huquqshunos Floyd Viznerning hisoblashicha, Air Asia kompaniyasi muammolar haqida bilgan.
"Ular bunday texnik muammolarni bilgan va ularni bartaraf qilish uchun hech qanday harakat qilishmagan hamda hech kimni ogohlantirishmagan", deydi Vizner.

Uning qo‘shimcha qilishicha, halokat qurbonlarining qarindoshlari davo arizasida ko‘rsatilgan mablag‘ning yarmiga kamaytirilishiga ham rozi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning 28 dekabr kuni Malayziyaning Air Asia aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320-200 samolyoti Cingapurning Surabai shahridan havoga ko‘tarilgan va ko‘p o‘tmay radarlardan yo‘qolib qolgandi. Samolyot bortida 162 kishi bo‘lgan. Samolyot qoldiqlari Yava dengizining Kalimantan oroli yaqinidagi qismidan topilgandi.

Top