12:24 / 01.07.2015
2701

Zangiota tumanida og‘ufurush qo‘lga olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan operativ tadbir natijasida poytaxtimizning Sergeli tumanida yashovchi, 48 yoshli shaxsning qo‘lidagi sumkasidan 816 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top