14:32 / 02.07.2015
4752

Chechenistonda 500 kg li aviabomba topildi

Chechenistonning Grozniy tumanida 500 kg li fugasli aviabomba topildi. Bu haqda respublika favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Timur Taysumovga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Bomba yer ostidan loy olinayotgan chog‘da topilgan. Eng yaqin aholijoy bomba topilgan yerdan 3 km uzoqda joylashgan. Ayni paytda mutaxassislarning yetib kelib, bombani zararsizlantirishi kutilmoqda.
O‘tgan yili o‘sha atroflarda 250 kg li aviabomba topilgan edi. U yer ostidan chiqarilib, poligonda yo‘q qilingan edi.

Top