07:17 / 02.07.2015
5251

Tsukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda

Mark Tsukerberg o‘zining onlayn savol-javoblar anjumanida yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qildi.

Facebook asoschisining fikricha, bu texnologiyalar evaziga insoniyat tez sur'atlarda o‘zaro fikr almasha oladi, biroq shu bilan bu texnologiya shaxsiy ma'lumotlarning sir saqlanishi masalasini yanada dolzarbroq bo‘lishiga olib keladi.

Tsukerberg, shuningdek, fikrdoshlarni topishga hamda tasvirni tahlil qilib, u haqidagi ma'lumotni ko‘zi ojiz odamga uzatishga imkon beruvchi sun'iy zakovatni rivojlantirishning muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Hozirda Facebook keyingi yildan savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan Oculus VR virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Top