08:10 / 02.07.2015
4071

Enrike Iglesias maxsus hujjatsiz avtomobil boshqargani uchun hibsga olindi

Ispaniyalik qo‘shiqchi Enrike Iglesias avtomobil boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan holda rulga o‘tirgan vaqtda politsiya qo‘liga tushdi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, uning haydovchilik guvohnomasining muddati tugagandi.

Mashinani politsiya to‘xtatgan vaqtda u yonidagi sherigi bilan o‘rin almashib olishga uringan. Lekin ularning har ikkisi ham hibsga olingan.

Top