13:36 / 02.07.2015
2571

Filippinda yo‘lovchi paromi to‘ntarilib ketdi

OAVlarda Filippinda Kim Nirvana yo‘lovchi paromi to‘ntarilib ketgani ma'lum qilinmoqda. Bortida 173 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema Ormok shahridan Kamotes oroliga suzib ketayotganda ag‘darilib ketgan.

“Frans Press” agentligi Manila sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda ayni paytda 36 kishi halok bo‘lgani va kamida 19 kishi yaralangani haqida xabar bermoqda.

Falokat joyida qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Suvga tushib ketgan yo‘lovchilarning ko‘pchiligi to‘ntarilib ketgan Kim Nirvana korpusiga tirmashib, omon qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

Top