06:43 / 02.07.2015
2544

Hillari Klinton o‘zining saylovoldi kampaniyasi doirasida 45 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘di

Hillari Klinton o‘zining tvitterdagi akkauntida AQSh prezidenti lavozimiga uning nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovoldi kampaniyasining birinchi choragida qancha mablag‘ yig‘ilganini yozdi.

“Hanuzgacha hisoblamoqdamiz, biroq mana buni aniq bilamiz: kampaniyaning birinchi choragida saylovchilar orqali 45 mln dollardan ko‘proq pul to‘plangan”, deb yozmoqda Klinton.

Klinton barcha xayr-ehsonlarning 91 foizi 100 dollar atrofida bo‘lganini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Gollivud aktyorlari Leonardo di Kaprio va Tobi Maguayr Hillari Klintonning saylovdi kampaniyasi homiylariga aylanishgani ma'lum qilingandi.

Top