08:26 / 02.07.2015
4779

Misr harbiylari Sinayda yuzlab jangarilarni yo‘q qildi

Sinay yarim orolida o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot chog‘ida Misr harbiylari tomonidan "IShID" a'zolari bo‘lgan yuzlab jangarilar o‘ldirildi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
 
Misr armiyasi rahbariyati bu amaliyotlar Shimoliy Sinay jangarilardan butkul tozalanmaguniga qadar davom etishini ma'lum qilgan.
 
1 iyul kuni "IShID" jangarilari hujumi natijasida 70 nafarga yaqin misrlik askar o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.
Top