21:09 / 02.07.2015
5696

Moskva viloyatida ikki egizak qizning nomusiga tajovvuz qilishda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

1 iyul kuni politsiyaga bir erkak 30 iyunda Sergiyevo-Posad tumanida joylashgan shiyponchada noma'lum shaxs uning egizak qizlarining nomusiga tajovvuz qilgani haqida xabar bergan. Huquq-tartibot muassasalarining xabar berishicha, jabrlangan qizchalar Mitishidagi litseyning 5-sinf o‘quvchilari bo‘lgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida huquq-tartibot muassasalari xodimlari ushbu jinoyatni amalga oshirganlikda gumon qilib 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olganlar. Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Top