19:57 / 02.07.2015
3243

Vritish Petroleum Meksika bo‘g‘ozida neft to‘kilishi holati bo‘yicha 18,7 mlrd dollarlik jarimaga tortildi

Vritish Petroleum neft kompaniyasi Meksika bo‘g‘ozida neft to‘kilishi holati bo‘yicha AQSh va boshqa davlatlarning da'volarini hal qilish doirasida yaqin 18 yil ichida 18,7 mlrd dollarlik jarima to‘laydi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

“Besh yil avval biz o‘z zimmamizga bo‘g‘ozning ekologiyasini tiklash majburiyatini olgan edik. Biz ushbu va'damizni bajarish uchun faol ravishda ish olib bormoqdamiz”, deb aytdi VR rahbari Karl-Xenrik Svanberg.

BP aksiyalari bu yangilikdan keyin London birjasida 4 foizga ko‘tarilib ketdi.

2010 yilda Meksika bo‘g‘ozida kompaniyaga tegishli Deepwater Horizon neft platformasida portlash yuz bergan. Oqibatda 11 kishi halok bo‘lgan edi va platformadan dengiz suviga oqib ketgan neftni 3 oy mobaynida to‘xtatishning iloji bo‘lmagan. Bu vaqt mobaynida bo‘g‘ozga 4,9 mln barrel neft oqib ketgan.

Top