00:03 / 03.07.2015
2089

AQSh Davlat departamentida AQSh va Germaniyaning munosabatlari mustahkam ekanligi aytib o‘tildi

AQSh Davlat departamentida AQSh va Germaniyaning munosabatlari josuslik bilan bog‘liq mojaraga qaramasdan mustahkam ekanligi aytib o‘tildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz munosabatlarimizda tanglik bo‘lishini istamaymiz”, deb aytdi Davlat departamenti vakili Jon Kirbi.

Avvalroq WikiLeaks AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Germaniyaning bir qator vazirlari, vazirliklarning stats-kotiblari va boshqa yuqori lavozimdagi siyosatchilari ortidan josuslik qilgani haqidagi ma'lumotlarni chop etgan edi.

Top