11:32 / 03.07.2015
4232

AQSh sudi Guantanamoning sobiq mahbusini 134 mln dollar tovon to‘lashga hukm qildi

AQShning Yuta shtati federal sudi Guantanamo qamog‘ining sobiq mahbusi Umar Hadrni ikki harbiy xizmatchining oilalariga 134 mln dollar tovon puli to‘lashga hukm qildi.
Hadr Afg‘onistonda maxsus qo‘shinlar tomonidan qo‘lga olinib, 2002 yili Guantanamoda hibs qilingan edi. U payti Hadr 15 yoshda edi. 2010 yilga kelibgina AQSh harbiylariga qarshi granata qo‘llaganini tan oldi. 2012 yil sentabrida Hadr Kanadaga deportatsiya qilindi. U ayni kunlarda Kanada fuqarosidir.
Jabrlanganlarning oilalari vakili advokat Lora Tanner sud qaroriga xayrixohlik bildirib, shu bilan birga, 28 yoshli Hadr bu pulni to‘lay olishiga umid qilmasligini tan oldi.
“Bu masalada biz yaqinda Kanadaning yuridik firmalaridan biri bilan ish boshlaymiz”, – uning so‘zlarini keltiradi France-Presse agentligi.

Top