AQSh prezidenti Barak Obamaning qizi Maliya Obama HBO telekanali tomonidan suratga olinayotgan “Qizlar” serialining suratga olish maydonchasida yordamchi bo‘lib ishlamoqda, deb xabar bermoqda TMZ portali.
4 iyul kuni 17 yoshga to‘ladigan Maliya Obama serialning Bruklindagi suratga olish ishlarida ishtirok etayotganida payqaldi.
O‘tgan yili ham Obamaning qizi yoz faslida televideniyeda ishlab pul topgan edi – u bosh rolda Xolli Berri o‘ynagan “Chegaradan tashqari” serialining suratga olish maydonchasida ham yordamchi bo‘lib ishlagan edi.