18:29 / 03.07.2015
2449

Buxoroda ayolning bo‘ynidagi zanjirini yulib qochgan 2 talonchi qo‘lga tushdi

2015 yilning 26 iyun kuni soat 23:00da Buxoro shahri, Turdi Farog‘iy ko‘chasida ikki noma'lum shaxs 1974 yilda tug‘ilgan ayolning bo‘ynidan sariq metalldan yasalgan zanjirini ochiqdan-ochiq yulib olib, voqea joyidan yashirinishganligini ma'lum qilgan

Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilik sodir etgan mahalliy aholiga mansub - 20 va 22 yoshli ikki nafar shaxslar qo‘lga olindi va talonchilik to‘liq fosh etildi. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top