14:55 / 03.07.2015
3615

Buyuk Britaniyaning eng yirik mobil operatori mijozlar shikoyatli tufayli 1 mln funt sterlingga jarimaga tortildi

Buyuk Britaniyaning eng yirik uyali aloqa operatori YeYe mijozlar shikoyatini qabul qilish qoidalarini buzgani uchun Ofcom regulyatori tomonidan 1 mln funt sterlingga jarima tortildi.

Mamlakat regulyatorining fikricha, kompaniya 2011-2014 yillar davomida o‘z mijozlariga mustaqil tashkilotga shikoyat qilish huquqlari haqida to‘liq ma'lumot bermagan. Kompaniya o‘z mijozlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi kerak bo‘lgan.

EE’ga ushbu da'volar muvofiqlashtiruvchi tashkilot tomonidan telekommunikatsion kompaniyalarning faoliyati borasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish doirasida bildirilgan.

Kompaniya yaqin 20 kun ichida jarimani to‘lashi kerak. Ushbu pullar Buyuk Britaniya g‘aznachiligi hisobiga o‘tkaziladi.

Top