09:27 / 03.07.2015
3935

Finlyandiya prezidenti Narishkinning mamlakatga kiritilmaganidan afsusdaligini aytdi

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistening bayonotiga ko‘ra, mamlakatga YeXHTning Rossiya delegatsiya vakillarining mamlakat hududiga kiritilmasligi YeIning sanktsion ro‘yxati bilan bog‘liq qoidalar asosida amalga oshirildi. Bu haqda Yle nashri xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Davlat Dumasi spikeri Sergey Narishkinning Finlyandiyaga kirishiga ruxsat berilmagan edi. Shundan so‘ng siyosatchi davlatga nisbatan bir qator ayblovlarni ilgari surdi.
“Bu, albatta, achinarli holat. Finlyandiya o‘z majburiyatlari doirasida harakat qildi. YeIning sanksiyalari va harakatlanishga qo‘ygan cheklovlari shuni taqozo etadi”, – deyilada bayonotda.
Bundan tashqari, Niiniste maxsus ruxsatnoma berish haqidagi masalaning hal bo‘lishi 3 haftaga cho‘zilib ketganidan afsusdaligini aytdi.

Top