08:25 / 03.07.2015
5497

OAV: joylarning tarixiy nomlarini qaytarish kerak

Sho‘ro siyosati O‘zbekistondagi joy nomlariga ham o‘z ta'sirin o‘tkazmay qolmagan. “Oila davrasida” nashri muxbirining fikricha, buning natijasida tushunarsiz, tarixiy asosga ega bo‘lmagan nomlar shakllangan.

Shu bilan birga, materialda yozilishicha, bugungi kunda tarixiy nomlarni tiklash bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

“Tarixiy nomlar qaytarilmoqda”, – deb ta'kidlaydi muallif.

Jumladan, Farg‘onaning Oltiariq tumanidagi Qizil yulduz qishlog‘i Doimobod, Furqat tumanidagi Ittifoq qishlog‘i Beshog‘a, Navoiyning Karmana tumanidagi Arabxona mahallasi Pahlavon, Andijonning Shahrixonidagi Ahmadbek mahallasi Barkamol avlod, Buloqboshi tumanidagi Ittifoq mahallasi Xontepa, Bo‘z tumanidagi Oxunboboyev mahallasi Chorvador, O‘rtato‘p mahallasi Madaniyat deb o‘zgartirildi.

“Hudud nomlari ham xalqimizning ma'naviyati ko‘zgusi, qadriyatlarimiz ifodasidir”, – xulosa qiladi gazeta.

Top