11:00 / 03.07.2015
5597

OTMga hujjat topshiruvchi abituriyentlardan biometrik pasport talab qilinmaydi

Oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarda biometrik pasport bo‘lishi talab qilinmaydi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi ma'lumot bermoqda.
Abituriyentlarning hujjatlari faqat biometrik pasport bilan qabul qilinishi haqidagi mishmishlar o‘tgan yillarda ham eng ko‘p beriladigan savollardan biri edi. Hattoki abituriyentlardan ayrim ta'lim dargohlarida shunday pasportlar talab qilinib, ularga ega bo‘lmaganlarning hujjatlarini qabul qilishdan bosh tortish hollari kuzatilgani haqida ma'lumot berilgan edi.

O‘zbekiston prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 2-bandiga asosan O‘zbekiston fuqarosining amaldagi pasporti 2015 yil 31 dekabrgacha haqiqiy hisoblanadi. Shu sababli abituriyentlar bu yil ham avvalgi ko‘rinishda berilgan pasportlar orqali hujjat topshira oladilar.

Top