22:25 / 03.07.2015
3242

O‘zbekistonda GPS texnologiyasidan foydalangan holda tranzit yuklarni kuzatish tizimi joriy qilinadi

O‘zbekistonda GPS texnologiyalardan foydalangan holda axborot-kommunikatsiya xizmatlarini taqdim qilish bozori kengayib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “GPS texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtotransport vositalarida tranzit bilan olib ketilayotgan yuklarni kuzatishni amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi chop etildi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, harakatlanuvchi obektlarni GPS tizimini qo‘llagan holda monitoring qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtotransport vositalarida tranzit bilan olib ketilayotgan yuklarni kuzatish tizimini tatbiq qilishni amalga oshirish huquqi beriladi.

Qaror loyihasida Davlat bojxona qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit bilan harakatlanayotgan avtotransport vositalarining harakatlanishini nazorat va monitoring qilishni amalga oshiruvchi dispetcherlik markazi tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Top