07:24 / 03.07.2015
2785

PayPal Doktor Lizaga hisob ochib berishdan bosh tortdi

AQShning PayPal to‘lov tizimi “Adolatli yordam” jamg‘armasi rahbari Yelizaveta Glinkaga hisob raqami ochib berishdan bosh tortdi. Aytilishicha, Doktor Liza nomi bilan mashhur bu arbob o‘z hisob raqami orqali Donbassdagi harbiy harakatlar chog‘ida yaralanganlar va jabr ko‘rganlarga moddiy va gumanitar yordam yetkazishni reja qilgan.

“Izvestiya” gazetasining yozishicha, jamg‘armani tizimdan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qilingan, buning uchun ko‘p miqdordagi elektron hujjatlar paketi taqdim etilgan. Tashkilot huquqshunosining ma'lum qilishicha, rad javobi nima sababdan berilgani haqida biror-bir tushuntirish keltirilmagan.

O‘z navbatida, Doktor Liza yurist yoki siyosatchi emasligini, balki shifokor bo‘lgani bois bo‘lib o‘tgan ishlarning aniq sabablarini bilmasligini ta'kidlab o‘tdi.

Ayni paytda, bir qator davlatlar, jumladan, Germaniya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya fuqarolari unga yordam berish niyatini bildirganlar.

Top