11:35 / 03.07.2015
6663

Pokistonda yo‘lovchi poyezdi daryoga qulab tushdi

Pokistonda ulkan temir yo‘l halokati sodir bo‘ldi. 300 yo‘lovchi ketayotgan 4ta vagondan iborat poyezdning 2 vagoni relsdan chiqib ketish natijasida daryoga qulagan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ushbu hodisa Gujranvala tumanidagi daryo ustidan o‘tkazilgan ko‘prikda sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Ularga mahalliy aholi hamda politsiya yordam bermoqda. Hududga Lahor shahridan shifokorlar bo‘linmasi zarur jihozlar bilan yuborilgan.

Samaa sayti ma'lumotiga ko‘ra, hozircha 13 kishining o‘limi va o‘nlab kishilarning og‘ir jarohatlar olgani tasdiqlangan.

Qutqaruvchilar suvdan 85 kishini chiqarib olishgan, ularning 60 nafari shifoxonaga olib ketilgan.

Hozircha hodisa sababi aniqlanmagan. Pokiston temir yo‘l transport vaziri Saad Rafiq bu o‘rinda terakt yoki qasddan uyushtirish alomati yo‘qligini ma'lum qilgan.

Top