14:34 / 03.07.2015
3459

Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga chorlamoqda

Ukraina prezident Pyotr Poroshenko g‘arb davlatlari siyosatchilarini Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqida o‘ylab ko‘rishga chorlamoqda, deb xabar bermoqda Poroshenko matbuot xizmati.

“Bizga Minsk kelishuvlari barbod bo‘lganda samarali va muvofiqlashtirilgan reja kerak bo‘ladi. Gap yaxshi muvofiqlashtirilgan yangi sanksiyalar haqida ketmoqda. Rossiya ukrainaliklarning o‘ldirilishi va Ukrainani bosib olgani uchun adolatli haq to‘lashi kerak. U bu ishlar uchun javob berishi kerak”, deb aytdi Poroshenko AQSh kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuvi paytida.

Top