23:09 / 03.07.2015
7234

Putin: Rossiya mustaqilligini pullamaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga bosim uning mustaqilligi tufayli ko‘rsatilayotganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Rossiyaga o‘tkazilayotgan bosimning sabablari ma'lum. Biz mustaqil ravishda ichki va tashqi siyosatimizni yurgazmoqdamiz va o‘z mustaqilligimizni pullamaymiz. Bu hammaga ham yoqavermaydi, biroq boshqachasiga bo‘lishi ham mumkin emas”, deb aytmoqda Putin.

Putinning aytishicha, Rossiya jamiyatchiligida parokandalik o‘rnatishga urinishlar kutilgan natijalarni bermadi.

Top