17:37 / 03.07.2015
2528

Qozog‘iston harbiylari 1998 soni shaklida saflanishdi

Qozog‘iston qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari saflanish yo‘li bilan 1998 sonini, shuningdek, Poytaxt kunining “tirik” logotipini yaratishdi, deb xabar beradi mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda Tengrinews.kz resursi.
Shu yo‘l bilan ular barcha qozog‘istonliklarni Poytaxt kuni bilan tabriklashga qaror qilishdi. 550 nafar harbiy xizmatchi “jonli” raqamlar va logotip bo‘lib berishdi. Logotip ham, o‘z navbatida, 1998 sonining uslublashtirilgan ko‘rinishidir.
Ma'lum bo‘lishicha, logotip yaratgan harbiy xizmatchilar may oyida Ostonada o‘tkazilgan, Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad ishtirokchilari hamdir.

Top