18:21 / 03.07.2015
4429

Sankt-peterburglik o‘quvchi qiz ombudsmenga go‘yoki to‘rt nafar muxojir uning nomusiga tegayotgani haqida “hazillashib” shikoyat qilgan

Sankt-Peterburg politsiyasi bolalar ombudsmeni Svetlana Agapitovaga o‘zini o‘g‘irlab ketib, 4 nafar muxojir nomusiga tegayotganini ma'lum qilgan 17 yoshli maktab o‘quvchisini qidirib topdi.

Huquq-tartibot muassasalarining bir necha xodimi va Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasining bir nechta texnika birligi jalb qilingan holda bir hafta davom etgan katta miqyosdagi qidiruvdan keyin shikoyat qilgan qiz Leningrad viloyati Priozerskiy tumanidagi Sosnova qishlog‘idan topilgan. Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi, 17 yoshli Viktoriya ismli bu qiz kasalligi tufayli davolanayotgan Botkino shifoxonasidan qochib ketgan. Qiz qochib ketganidan keyin Peterburg bo‘yicha bolalar huquqlari bo‘yicha vakolatli shaxsning qabulxonasiga telefon qilib, uni Pskovda markaziy osiyolik 4 muhojir ushlab turib, muntazam ravishda nomusiga tegayotganliklarini aytgan.

Biroq qiz politsiyachilarga bu shikoyatni mast holatda hazillashib aytgani ma'lum qilgan.

Top