23:15 / 03.07.2015
4045

Saudiya Arabistonida IShID tarafdorlarini qo‘lga olishda politsiyachi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonining At-Toif shahri yaqinida “IShID” terrorchilik tashkiloti tarafdorlarini qo‘lga olish paytida bir nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat huquq-tartibot muassasalari qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga olishlari paytida qidiruvdagi shaxs va unga hamrohlik qilayotgan ikki erkak otishma boshlagan.

Otishma oqibatida politsiyachilardan biri halok bo‘ldi. Qolgan politsiyachilar bosqinchilarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Qo‘lga olingan shaxslar yonidan qurol-aslaha, kompyuterlar va IShID bayroqlari topilgan.

Top