17:16 / 03.07.2015
3032

Sirdaryoda o‘g‘rilik tuhmatiga qolgan erkak qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Sirdaryolik Erkin Valizoda yigirma yoshiga qadar uch marta sudlangan va sinov muddatida bo‘lgani uchun qo‘ni-qo‘shnilari unga shubha bilan qaray boshladi. Bu oxir-oqibat jinoyat sodir etilishiga olib keldi. Voqea tafsilotlari “Darakchi” gazetasida bayon qilindi.
Valizodaning qo‘shnisi, bankda mas'ul xodim bo‘lib ishlab kelgan Rahimjon Samadovning uyidan pul yo‘qolganida u qo‘shnisini gumon qila boshladi. Bu gap mahallaga tarqab ketdi. Valizodaning uyatdan bosh ko‘tara olmay qo‘ygan rafiqasi Gulnoza uyni tashlab ketdi.
Bundan omadsizliklardan jahli chiqqan Valizoda qo‘liga pichoq olib, qo‘shnisining uyiga yo‘l oldi. U Rahimjonni kaltaklab, yelkasiga pichoq sanchdi. Qo‘ni-qo‘shnilar yordamga kelib, Erkinni to‘xtatib qolishdi.
Voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari jinoyatchining yonidan 1.9 gr marixuana ham topishdi.
Natijada Erkin Valizoda yana bir bor sud qilinib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Top