21:10 / 03.07.2015
2880

Spiegel jurnali AQSh maxsus xizmatlari kuzatuvi ostida bo‘lgani ma'lum qilindi

Spiegel nemis jurnali tahririyati AQSh maxsus xizmatlarining nishonida bo‘lgan. Bu haqda federal kansler boshqarmasidagi maxfiy hujjatga iqtibos keltirgan holda SpiegelOnline internet-nashri xabar bermoqda.

2011 yilning yozida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbariyati kansler boshqarmasidagi maxsus xizmatlar ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Gyunter Xaysni Spiegel nashrining hukumatda aloqalari borligidan ogohlantirgan. Hujjatdan ma'lum bo‘lishicha, MRB xizmat ma'lumotlarini oshkor qilishda Xaysning o‘rinbosari Xans Yozef Forbekdan shubhalangan. Forbek bundan keyin boshqa lavozimga olingan. Forbekning boshqa lavozimga o‘tkazilishini tejamkorlik nuqtai nazaridan qilingan deb tushuntirilgan.

Spiegel AQSh maxsus xizmatlari nashrning tahririyati telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglanganidan kelib chiqib, 3 iyulda Germaniya bosh prokuraturasiga razkedka faoliyati yuritilishiga gumon bildirib va telefon suhbatlarining sir saqlanishi huquqining buzilishi holati bo‘yicha shikoyat qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi nafaqat Germaniya kansleri Angela Merkel, balki qator yuqori lavozimdagi shaxslar ortidan ham kuzatuv olib borgan.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligini birinchi navbatda Germaniyaning iqtisodiy va valyuta siyosati hamda tashqi savdo aloqalari qiziqtirgan.

Shu munosabat bilan Merkel devonxonasi rahbari Peter Altmayyer va AQShning Germaniyadagi elchisi Jon Emerson o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Suhbat tafsilotlari oshkor etilmagan.

Top