15:32 / 04.07.2015
6333

5 yoshli bola vafot etgan YTHga sabab bo‘lgan Hema Malinining haydovchisi hibsga olindi

Mashhur hind aktrisasi Hema Malinining haydovchisi Maxesh Txakur 3 iyul kuni sodir etilgan YTH sabab hibsga olindi.

Haydovchi ehtiyotsizlik bilan avtomobil boshqarishda ayblanib hibsga olingan.

YTH oqibatida Hema Malini jarohat olgan, boshqa avtomobildagi 5 yoshli bola vafot etgan, shuningdek, 4 nafar yo‘lovchi turli xildagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma'lumot uchun, voqea Hindistonning shimoli-g‘arbidagi Rajaston viloyatida sodir bo‘lgan edi

Top