17:11 / 04.07.2015
8773

IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan talaba qiz buni sevgi tufayli qilmoqchi bo‘lgani ma'lum qilindi

Moskva davlat universiteti talabasi Varvara Karaulovaning otasi Pavel Karaulov o‘z qizining IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lganining sabablarini keltirib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Karaulovning aytishicha, uning qizi virtual suhbat ortida shunday qilishiga sabab paydo bo‘lgan.

“Bunga avvalambor sevgi sabab bo‘lgan. Yana boshqa bir qator sabablar bo‘lgan, biroq ular orasida bu sabab ham bor”, deb aytmoqda qizning otasi.

Karaulov qizi yana qochib ketishidan xavotirlanmayotganini hamda Varvara o‘qishni davom ettirmoqchi ekanligini, biroq qaysi ta'lim muassasasida – MDUdami yoki boshqa yerdami, hali hal qilmaganini ma'lum qildi.

Avvalroq Varvara Karaulova MDUda akademik ta'til rasmiylashtirgani ma'lum qilingandi. Qiz IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan, biroq u yerga ketayotganda Turkiyada qo‘lga olingan. Moskva maxsus xizmatlari xodimlari Karaulovani yollagan erkakning shaxsini aniqlashgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, uch yil davom etgan internetdagi muloqotdan keyin erkak uni Suriyaga chaqirgan hamda uylanishga va'da bergan.

Top