22:31 / 04.07.2015
4833

Tunisda favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Tunis prezidenti Baji Kaid as-Sabsiy Susi shahri yonidagi kurortda terakt sodir bo‘lgani bilan bog‘liq holda mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat prezidenti favqulodda vaziyat kiritilishini o‘z telemurojaatida e'lon qilishni rejalashtirgan.

Avvalroq OAVlarda Tunis hukumati Susida terakt amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bir oy oldin bilgani ma'lum qilingandi.

Top