17:18 / 05.07.2015
9594

2014 yilda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining 500 nafarga yaqin xodimi sud qilingan

O‘zbekiston hukumati aksilkorrupsiya bo‘yicha statistik raqamlarni e'lon qildi.

12news.uz nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning yanvaridan sentabrigacha bo‘lgan muddatda respublikada huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat qilgan 451 nafar xodim tamagirlik, mansabni suiiste'mol qilganlik, poraxo‘rlik, huquqiy vakolatlari chegarasidan o‘tganlik hamda ish vaqtidagi sarxushlik kabi jinoyatlari uchun sudlangan.

Ma'lum qilinishicha, ulardan 12 nafari sud a'zosi, 30 nafari Bosh prokuratura xodimlari, 285 nafari IIV vakillari, 28 nafari Adliya vazirligida, bir nafari MXXda, 49 nafari soliq xizmatida, 38 nafari bojxona xizmatida va yana 5 nafari advokaturada ishlagan xizmatchilar hisoblanadi.

Ulardan 51 nafariga jarima jazosi qo‘llangan. 328 nafari turli muddatlarga qamalgan, 67 nafari jazoni mehnat qilish orqali o‘tashga hukm qilingan va 5 nafari ishdan bo‘shatilish bilan jazolangan.

Top