04:39 / 05.07.2015
2374

Serxio Ramos o‘zining bo‘lg‘usi faoliyati bo‘yicha hech kim bilan muzokaralar olib bormayotganini ma'lum qildi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos o‘zining bo‘lg‘usi faoliyati bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqidagi ma'lumotni inkor etdi.

“Men hech kim bilan muzokara olib bormayapman”, deb aytdi Ramos Canal Cuatro telekanali efirida.

Avvalroq “Manchester Yunayted” Ramosning transferi uchun 60 mln yevro va futbolchining o‘ziga 55 mln yevrolik 5 yillik shartnoma taklif qilgani ma'lum qilingandi.

Top