19:22 / 06.07.2015
2382

Yerevan politsiyasi hibsga olingan barcha namoyishchilarni qo‘yib yubordi

Yerevan politsiyasi Marshal Bagramyan ko‘chasida hibsga olingan barcha 46 namoyishchini qo‘yib yubordi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Yerevanda elektr energiya narxining oshirilishiga qarshi bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishi faollaridan birining aytishicha, politsiya tomonidan qo‘lga olingan namoyishchilar yetakchisi David Sanasaryan shifoxonaga olib ketilgan.

“U bilan nima sodir bo‘lgani haqida aniq ma'lumot yo‘q, biroq u politsiya bo‘limida o‘zini yomon his qila boshlagan”, deb aytmoqda faol.

Avvalroq 46 nafar namoyishchi Yerevan politsiyasi bo‘limiga yetkazilgani ma'lum qilingandi.

Top