15:01 / 06.07.2015
8005

Filipp Kirkorov o‘g‘lining tug‘ilgan kuni munosabati bilan shaxsiy samolyotini o‘yinchoqlarga to‘ldirdi

O‘g‘li Martinning uchga to‘lishi munosabati bilan mashhur xonanda Filipp Kirkorov kattakon bayram uyushtirdi. Tadbir o‘tkazilgan zal qaroqchilar kemasi uslubida bezalgan edi. Sandiqlar ichiga shirinliklar yashirilgan, bayramona tort ustiga esa “Karib dengizi qaroqchilari” qahramonlarining haykalchalari o‘rnatilgan edi. Ular Kirkorov tomonidan Londonning Hamles o‘yinchoqlar do‘konida sotib olinib, shaxsiy samolyotda Moskvaga olib kelingan edi.

Pop qirolining bayramiga uning bir qator mashhur hamkasblari tashrif buyurdi. Alsu, Ani Lorak, Anastasiya Stotskaya, Vitaliy Gogunskiy, Andrey Malaxov, Nikolay Baskov, Alla Pugachyova va Maksim Galkinlar shular jumlasidandir. Ularning aksariyati mehmonga o‘z farzandlari va oilalari bilan birga tashrif buyurdi.

Top