13:40 / 06.07.2015
4649

Gretsiya moliya vaziri iste'fo berdi

Gretsiya bosh vaziri Yanis Varufakis iste'fo berdi. Bu haqda ANA-MPA xabar bermoqda.
“Referendum natijalari e'lon qilinganidan so‘ng Yevroguruh ishtirokchilari va boshqa hamkorlar mening yo‘qligim muzokara ishiga yordam berishiga ishonishi menga ma'lum qilindi. Shu bois men moliya vazirligidan ketayapman”, – deyiladi Varufakisning bayonotida.
Uning so‘zlariga qaraganda, iste'foga chiqishdan asosiy maqsad bosh vazir Aleksis Tsiprasga yevropalik kreditorlari uchligi – Yevrokomissiya, Yevropa markaziy banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralar olib borishni yengillashtirishdir.

Top