17:45 / 06.07.2015
4055

O‘zbekiston mahsulotlari chet elliklar tomonidan bank kartalari yordamida xarid qilinishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston milliy banki tez orada mahalliy tijoratchilarga yangi xizmat taqdim etadi. Endilikda ularning tovarlar va xizmatlari uchun xorijlik xaridorlik Visa bank kartalari yordamida pul to‘lashi mumkin bo‘ladi. Kartalar nafaqat to‘lov, balki axborot vazifasini ham bajaradi. Bu haqda bankning rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Kartada hisobni nazorat qilish xizmatlarini yoqtirsa bo‘ladi. Jumladan, bank mijozi O‘zbekistondan tashqarida bo‘la turib hisobidagi mablag‘lar harakatini kuzatishi va o‘zgarishlar haqida SMS orqali muntazam axborot olib turishi mumkin bo‘ladi.
Visa tizimida hisob-kitoblar 20dan ortiq jahon valyutalarida amalga oshiriladi. Bank mijozi dunyoning turli burchaklarida o‘z kartasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Karta hisobdagi mablag‘ni o‘zi konvertatsiya qilib, tegishli summani ko‘rsatib beradi.

Top