12:44 / 06.07.2015
4500

O‘zbekistonda hozirgi kungacha 234 mingdan ortiq firma nomlari zaxiraga olindi

O‘zbekistonda «Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi» joriy etilgan davrdan boshlab, 2015 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, «Firma nomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga mos kelgan 234 mingdan ortiq firma nomlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi zaxirasiga olindi. Bu haqda qo‘mita Axborot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Firma nomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga mos kelgan, ma'lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lmagan bu turdagi nomlar belgilangan tartibda zaxiraga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 1 iyuniga qadar bo‘lgan vaqtda bu borada ko‘rsatkich 230 mingni tashkil qilgandi.

Top