17:48 / 06.07.2015
6935

«Rohat» aylanma yo‘lidagi yangi yo‘l bog‘lamasi qurilishi ishlari 2016 yilning kuzida yakunlanadi

Joriy yilda «Rohat» aylanma yo‘lida yangi yo‘l bog‘lamasi qurish ishlari boshlanadi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri «O‘zAvtoyul» DAK raisi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov bergan ma'lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, mazkur yo‘l qurilishi ishlari kelgusi yilning kuzida tugallanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

«Rohat» avtosaloni yaqinida ikki urovendagi yo‘l bog‘lamasi quriladi. «ToshboshplanLITI» loyiha instituti hozirda mazkur qurilish loyihasini hujjatlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Yil oxiriga borib u yerda qurilish-montaj ishlari boshlanadi. Bu yo‘l Ohangaron shossesi va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li kesishmasida barpo etiladi. Menimcha, kelgusi yilning kuziga qadar bu inshootni qurish ishlari yakunlanadi», – deya Nazarovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi yuqorida nomi keltirilgan manba.

Top