14:33 / 06.07.2015
6263

Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialini 214 bitiruvchisiga diplomlar topshirildi

2015 yilning 27 iyun kuni I. M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialida bitiruvchilarga diplomlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz”ning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Universitet rektori, professor Viktor Martinov, “O‘zbekneftgaz” milliy aksiyadorlik xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Shokir Fayzullayev, filial direktori Aleksandr Maksimenko, shuningdek, bir guruh o‘qituvchilar bitiruvchilarni tabriklash uchun so‘z navbatini oldi.

Rossiya davlat neft va gaz universitetining O‘zbekiston prezidenti tashabbusiga ko‘ra 2007 yili ochilgan ushbu filiali to‘rtinchi yil ketma-ket soha mutaxassislarini yetkazib berishi. Uni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sohaga eng old jahon tajribasini olib kirishdir.
“Neft-gaz ishi” va “iqtisodiyot” mutaxassisliklari bo‘yicha diplom olgan yosh mutaxassislar texnologik zanjirning turli halqalarida faoliyat yuritadi, bular ichida konlar razvedkasidan tortib chuqurlashtirilgan qayta ishlash va gaz-neft mahsulotlari transportirovkasigacha bor. Ayni paytda, bir guruh yoshlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Joriy ilda filialni 214 nafar talaba bitirdi.

Top