15:08 / 06.07.2015
4032

Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning farzandi cho‘qintirildi

Avliyo Mariya Magdalina cherkovida shahzoda Uilyam hamda Kembrij gersoginyasi Ketrin Middltonning qizi – Sharlottani cho‘qintirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni Kentebriya arxiyepiskopi Jastin Uelbi o‘tkazdi.
Qizaloq 180 yil muqaddam malika Viktoriyani cho‘qintirishda ishlatilgan jomda yuvintirildi. Kumush jom marosim uchun maxsus Tauerdan olib kelindi.
Tadbirda qizchaning eng yaqin qarindoshlari – buvasi Keroll Middlton, bobolari shahzoda Charlz va Maykl Middlton, gersoginya Kamilla, shuningdek, xolasi va tog‘asi Pippa va Djyeyms Middltonlar. Shahzoda Jorjning singlisiga cho‘qintirgan ota va onalar vazifasini malika Diananing jiyani baronessa Jyeyn Fellouz, Sharlottaning onasining o‘gay ukasi Adam Middlton, Uilyamning do‘stlari Tom van Straubenzeye va Djyeyms Meyd, Ketrinning dugonasi Sofi Karterlar bajardi.

Top