10:44 / 06.07.2015
2980

Ulan-Bator shahrida Dzyudo bo‘yicha Gran Pri turnirida Erkin Doniyorov bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida Dzyudo bo‘yicha Gran Pri turnirida 90 kg.gacha vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Erkin Doniyorov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Sharq yakkakurashlari va jang san'ati markazi matbuot xizmatining yozishicha, Doniyorov turnirning birinchi bosqichida janubiy koreyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgan. Ikkinchi bosqichda esa mezbon jamoa vakili Otgonbaatar Lxvagvasurenga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va bronza medallari uchun kurashda avvaliga shvetsiyalik, keyin esa germaniyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan.

O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar a'zosi G‘iyosjon Boboyev (-73 kg) va Elyor Masharipov (+100 kg) o‘z vazn toifalarida yettinchi o‘rin bilan cheklanishdi.

Musobaqada umumiy medallar jamg‘armasi bo‘yicha Mo‘g‘uliston terma jamoasi 5ta oltin, 3ta kumush va 10 bronza medallari bilan 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni dzyudo vatani — Yaponiya terma jamoasi vakillari (3-2-3) qo‘lga kiritishdi. Uchinchi o‘rin xitoyliklarga nasib qildi.

Top